2025-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan joylar roʻyxati

Joriy yilgi avgust-dekabr oylarida o’tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasi o’tkazilishi rejalashtirilayotgan joylar ro’yxati ma’lum qilindi.

2025-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan joylar roʻyxati:

 

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri Ye.Alakoʻz koʻchasi 54-uy, moʻljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida);

2. Andijon viloyati – Pedagogik mahorat markazi ( Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi 8-uy, moʻljal: Pedagoglar malaka malaka oshirish instituti);

3. Buxoro viloyati – Buxoro shahridagi 44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Buxoro shahar “Bogʻishamol koʻchasi, 5-uy, moʻljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi));

4. Jizzax viloyati – Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi Toʻqimachilar koʻchasi 45-uy, moʻljal: viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasi);

5. Qashqadaryo viloyati – Pedagogik mahorat markazi (manzil: Qarshi shahar Olimlar koʻchasi 2-uy, moʻljal: Qarshi davlat universiteti);

6. Navoiy viloyati – Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar maktabi (Navoiy shahar Aloqa koʻchasi 6-uy, moʻljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida);

7. Namangan viloyati – Namangan shahridagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Namangan shahri, Gʻishtkoʻprik MFY, Uychi koʻchasi, 329-A uy, moʻljal – Chorsu);

8. Samarqand viloyati – Pedagogik mahorat markazi (Samarqand shahri, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy,);

9. Sirdaryo viloyati – Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi (Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh koʻchasi 55-uy, moʻljal: Guliston shahar istirohat bogʻi);

10. Surxondaryo viloyati – Termiz shahridagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, (Termiz shahar, Kattabogʻ MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh, moʻljal: “Yashil dunyo” bozori);

11. Fargʻona viloyati – Fargʻona shahridagi 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy koʻchasi -13A, moʻljal “Chery” avtosaloni);

12. Toshkent viloyati – Pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi 83-A-uy, moʻljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi);

13. Xorazm viloyati – Urganch shahridagi 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Al-Beruniy maktabi) (Urganch shahar 4-Yuqori bogʻ mahallasi Maxtumquli koʻchasi 229-a-uy, moʻljal Omad toʻyxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar boʻlimi;

14. Toshkent shahri – Pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi 83-A-uy, moʻljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi).

 

Eslatma: Tartibga ko'ra toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi (bugun 8-oktyabrga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadi, demak 18-oktyabrga qadar sinovlar boshlanmaydi).