
BSB, CHSB bo'yicha oʻquvchiga kunlik baho quyidagicha qoʻyiladi:
Formativ baholash (kunlik baholash):
Oʻquvchi darsda:
9-10 ball qo‘yiladi, agar:
➖ faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa;
➖ ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa.
Uyga vazifalarni bajarishi:
➖uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa;
➖uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa.
6-8 ball qo‘yiladi, agar:
➖faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa;
➖faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa;
➖faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa.
Uyga vazifalarni bajarishi:
➖uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa.
0-5 ball qo‘yiladi, agar:
➖faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa;
➖savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa.
Uyga vazifalarni bajarishi:
➖uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa;
➖uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.
Asos: MMTV ning 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug‘i