B2 sertifikatisiz xorijiy til o‘qituvchilariga 1–2-chorakda ishlashga ruxsat beriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining (340-son, 15.09.2025 y.) buyrug‘iga binoan:

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga 2025 yil yakuniga qadar (joriy o‘quv yilining 1, 2-choraklari davomida) o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat beriladi.