Asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi qachon o‘tkazilishi ma'lum bo'ldi

Asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi 17-25-sentyabr kunlari o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 02-35-2939-sonli xati bilan 2025-2026-o‘quv yilida Asosiy olimpiadaning maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari hududlarga yuborildi.

17 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning birinchi (maktab) bosqichi joriy yilning 17-25-sentyabr kunlari tashkil etiladi.

Olimpiada o'tkaziladigan joy va muddatlari bo'yicha barcha o'quvchilar olimpiadadan kamida 3 kun oldin (e'lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoqlar va telegram guruhlarga e'lon joylashtirish, fan o'qituvchilari tomonidan mashg'ulotlar vaqtida, umumiy saflanishda og'zaki e'lon qilish va boshqalar) xabardor qilinishi lozim.

Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Fan olimpiadalari markazining axborot tizimiga joylashtirilishi shart.


Olimpiada tashkil etish bo'yicha tavsiyalarni yuklab olish:


➡️2025/2026-O‘QUV YILI UCHUN UMUMTA’LIM FANLARI BO‘YICHA ASOSIY OLIMPIADANING BIRINCHI (MAKTAB) BOSQICHINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH BO‘YICHA TAVSIYALAR⬅️