.jpeg)
Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida o‘quvchilari o‘rta hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar ro‘yxatini e’lon qildi.
Reyting natijalariga ko‘ra, kuchli o‘nlik quyidagicha shakllandi:
1. Xorazm viloyati Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi — 178,8 ball (6 abituriyent)
2. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri) — 178,39 ball (34 abituriyent)
3. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri) — 175,03 ball (34 abituriyent)
4. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qashqadaryo, Qarshi shahri) — 174,29 ball (29 abituriyent)
5. Furqat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Farg‘ona viloyati) — 173,48 ball (10 abituriyent)
6. Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Buxoro viloyati) — 172,23 ball (61 abituriyent)
7. Gimnastika bo‘yicha Respublika sport maktabi (Toshkent shahri, Yunusobod tumani) — 170,69 ball (10 abituriyent)
8. Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Sirdaryo viloyati) — 169,98 ball (42 abituriyent)
9. Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani) — 168,91 ball (38 abituriyent)
10. 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Navoiy shahri) — 167,91 ball (60 abituriyent)
Манба: https://talimxabarlari.uz