DIQQAT: 11-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyot hamda Davlat tili fanidan yakuniy attestatsi

Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!

✅28-may kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyot hamda Davlat tili fanlaridan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.


➖ Ona tili va adabiyot fani — ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun,
➖ Davlat tili fani esa — ta’lim o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun mo‘ljallangan.


Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
►►YouTube orqali ko‘rish.

 

 


Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:
    2-variant    
    8-variant

 

11-sinf uchun barcha fanlardan imtihon javoblari 2025
(Ustiga bosing)
➡️Imtihon javoblari⬅️

 


✅ Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi bilan ushbu manzilda tanishishingiz mumkin: Materiallar bilan tanishing


➖Imtihon variantlari  shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.


Imtihon materiallari belgilangan tartibda tuman/shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari masʼullari orqali umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga yetkaziladi.


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, rasmiy manbalar bilan asoslanmagan variantlardan foydalanish qatʼiyan tavsiya etilmaydi.


Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz!


#YakuniyAttestatsiya #OnaTili #DavlatTili #Bitiruv2025

Manba