Maoshdan avans olmasdan, bira to'la butun oylikni olish mumkinmi?

Ko‘pchilik oylikni to‘liq bir martda olishni afzal ko‘radi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra nima deyilgan?
Mehnat kodeksining 253-moddasida shunday deyilgan:
Ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida, ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ish haqi har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmagan holda to‘lanishi shart.
Qoida tariqasida, oylik ish haqi ikki qismga — avans va qolgan qismi tarzida — 16 kundan ortiq bo‘lmagan tanaffus bilan to‘lanadi.


Ya’ni nima?
Bu degani, ish haqi majburiy ravishda ikki qismda to‘lanishi kerak:
— Avans
— Oylikning qolgan qismi


Bu qoidadan voz kechib, to‘liq oylikni bir martda to‘lash mumkin emas. Jamoa shartnomasida buni boshqacha belgilab bo‘lmaydi.


Xodim rozi bo‘lsachi?
Hatto xodim ariza yozgan taqdirda ham, ish beruvchi avans to‘lashga majbur.


To‘lanmasachi?
Agar ish beruvchi avans to‘lamasa,
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

@yuristlar_maslahati