Chet tili o‘qituvchilari uchun 50 million so‘mlik subsidiya ajratiladi

Kasbiy ta’lim tashkilotlari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun bir martalik subsidiya ajratiladi.

O‘qituvchilar reytingi ularning bitiruvchilari xalqaro til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan holatiga qarab aniqlanadi. Xususan, ingliz, koreys, nemis va yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan o‘quvchilar soniga qarab, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 50 nafar o‘qituvchi har biri 50 million so‘mdan subsidiya oladi.


Qanday qatnashish mumkin?

Arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 25-fevralga qadar topshirish lozim. Ro‘yxatdan o‘tish va zarur hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus  ➡️HAVOLA⬅️  orqali murojaat qilish mumkin.