
Reglamentga asosan, hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning har biri uchun pedagog.uzedu.uz — platformasida shaxsiy kabinet yaratilgan.
Talabgorlar shaxsiy kabinetga one.id tizimi orqali kirib, «Murojaatlarim« boʻlimidan oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirib koʻrishlari mumkin.
Shuningdek, har bir hudud uchun ajratilgan kvotalar talablaridan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar roʻyxati bilan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarida tanishib chiqishlari mumkin.
Birinchi bosqich test sinovlari uchun nazorat materiallari spetsifikatsiyasi ushbu havolada — Materiallar bilan tanishish