Vazir jamgʻarmasi ustamasi uchun dastlabki sinov jarayonlari oʻtkaziladigan kun va manzillar e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan joriy yilda Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun 1-bosqich (test) sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkazilishi belgilandi.


Test sinovlari belgilangan yuqoridagi hududiy manzillarda “test.uzedu.uz” platformasi orqali real vaqt rejimida onlayn oʻtkaziladi.

Bunda nomzodlarning oʻzi dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi. Test sinovlari (40 ta) uchun 100 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball beriladi.


Test sinovi natijalariga koʻra, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oladi.


Nomzod pedagoglar ushbu havola orqali o‘z JSHSHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami)ini kiritib, 1-bosqich sinovi uchun tayyorlangan namunaviy test savollari bilan tanishishi mumkin:

 

➡️ Test sinovlari bilan tanishish⬅️

 

Eslatma! Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilangan.
 
Yakuniy natijalarga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.