Maktablardagi sinf doskalarini taʼmirlash qay tartibda tashkil etiladi?

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-241-son qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga:


hududdagi maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash;


maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash vazifalari qoʻyilgan.

 

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasida umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining IV guruh xarajatlari tegishli tuman va shaharlar budjetlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

 

Shunga muvofiq, umumtaʼlim muassasalari rahbari mahalliy hokimliklar tomonidan umumtaʼlim muassasalarini moddiy-texnik bazasani mustahkamlash uchun ajratilayotgan tegishli mablagʻlar hisobidan sinf doskalarini taʼmirlash va boʻr sotib olishni taʼminlaydi.