Kimlarga 50%, 70%, 100% miqdorida ustama to'lanadi!?

 

 

«Ilg‘or o‘qituvchi», «Ustoz o‘qituvchi» yoki «Professional o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlariga quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi:


1️⃣«Ilg‘or o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida;


2️⃣«Ustoz o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 70 foiz miqdorida;


3️⃣«Professional o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.


Huquqiy asos: "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida" gi PF-106-sonli Farmoni.