Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.
Yigʻilishda Prezidentimiz “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni oʻrgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qoʻshildi.
Shuningdek, “xususiy maktab va bogʻcha quraman”, degan investorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor berish lozim”, deya taʼkidlab oʻtdi.