Uy ta’limi uchun qanday hujjatlar yuritiladi

O’quvchilarni uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil qilish uchun quyidagi hujjatlar yuritiladi.


1-tibbiy hulosa
2-ota-onasining arizasi
3-pedagogik kengash qarori
4-MMTB ga maktab tomonidan so’rov xati
5-MMTB ning buyrug’i
6-maktabning buyrug’i
7-dars jadvali
8-jurnal (kundalik tizimida va daftarga qog’oz variyantda)
9-tashrif daftari (kelish-ketish)
10-o‘quvchining shaxsiy fayili.


➖Pedagoglardan:

Ish reja, odatda ish reja o’quvchining kasallik turi va qiziqishlaridan kelib chiqib mavjud rejadan tanlab olinadi. Darsga tayyorgarlik, ko’rgazma, video, audio vositalar orqali.


➖Psixologdan:

Suhbat daftari, turi xil psixolagik so’rovnomalar va psixolagik testlar. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)


➖Raxbarlardan:

Uyda ta’lim olayotgan o’quvchining uyiga borish, shart sharoitlari bilan tanishish, darslarni nazorat qilish, tashrif daftarga imzo qo’yish.


➖Sinf rahbaridan:

Dars mashg‘ulotlarining olib borilishini nazorat qilish, ota-onalar va o‘quvchining o‘qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash, o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda yoki sinfda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)