Oʻquvchilarim menga qanday munosabatda boʻlishlari menga ahamiyatsiz
Har qanday holatda ham bunday deya koʻrmang!!! Oʻqituvchi sifatida siz, albatta, oʻquvchilaringiz bilan samimiy va ishonchli munosabatlar haqida qaygʻurishingiz kerak. Oʻquv jarayoni taʼlimdan koʻra koʻproq munosabatlar bilan bogʻliq. Agar oʻquvchilaringizga yoqmasangiz, ular sizga ishonmasa, oʻquv vaqtidan unumli foydalana olmaysiz. Samarali oʻqitish – ishonchli oʻqituvchi erishishi mumkin boʻlgan oʻquvchilarning qiziqishi va motivatsiyasi bilan bogʻliq.
Agar oʻqituvchi buni tushunmasa, bu uni kasbiy muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Oʻquvchilar oʻqituvchini chin dildan sevsalar, ularning umumiy ishi ancha osonlashadi. Ana shunda oʻquvchilar koʻproq yutuqlarga erishishlari mumkin.
Sen buni hech qachon qila olmaysan
Oʻqituvchi har doim oʻquvchilarni ragʻbatlantirishi, ularga toʻsqinlik qilmasligi kerak. Hech bir oʻqituvchi oʻquvchilar ustidan hukm chiqarishga haqli emas. U faqat oʻquvchi uchun kelajak eshiklarini ochishi, muvaffaqiyat yoʻlini koʻrsatib berishi kerak. Oʻquvchilar ustidan hukm chiqarganimizda, ular erishishi mumkin boʻlgan yutuqlar uchun eng yuqori chegarani belgilab qoʻyamiz.
Sen dangasasan!
Oʻquvchiga dangasa ekanligi haqida bir necha bor takrorlanganda, bu kamchilik unda ildiz ota boshlaydi va tez orada bu uning ajralmas qismiga aylanadi. Koʻpgina oʻquvchilar “dangasa” sifatida bilim olishning maʼnosini yoʻqotishadi. Garchi aslida buning chuqurroq sabablari boʻladi, natijada ular “urinmay qoʻyishadi“ va oʻqituvchi talab qilgan narsani qilishmaydi. Hukm oʻrniga oʻqituvchi oʻquvchini yaxshiroq bilishi va muammoning asl sababini aniqlashi kerak. Bu aniqlangandan soʻng, oʻqituvchi oʻquvchiga qiyinchiliklarni hal qilishiga yordam berishi mumkin.
Bu ahmoqona savol!
Oʻqituvchi har doim oʻquvchilarning dars haqidagi savollariga, xatto eng ahmoqona boʻlgan savollariga javob berishga tayyor boʻlishi kerak. Oʻquvchilar darsda har doim oʻzlarini qulay his qilishsin. Savollarni ragʻbatlantirish zarur. Oʻqituvchi oʻquvchining savoliga javob berishdan bosh tortsa, boshqa oʻquvchilar ham xuddi shunday salbiy baho olishdan qoʻrqib, savol berishdan tiyiladilar. Savollar muhimdir, chunki ular oʻqitish sifatini oshirishi va oʻqituvchiga oʻquvchilar mavzuni tushungan yoki tushunmaganligini aniqlashga imkon beradi.
Men allaqachon tushuntirishni tugatdim. Sen tinglashing kerak edi!
Bir-biriga oʻxshash ikki oʻquvchi boʻlmaydi. Ular oʻquv materialini turlicha tushunadilar. Oʻqituvchining vazifalaridan biri — har bir oʻquvchining mavzuni tushunishini taʼminlash. Baʼzi oʻquvchilar boshqalarga qaraganda koʻproq tushuntirish yoki koʻrsatmalarga muhtoj.
Yangi mavzu oʻquvchilarga bir necha kun davomida tushunish va takrorlash uchun qiyin boʻlishi mumkin. Agar siz darsda oʻrganilgan maʼlumotlarni mustahkamlash paytida bir nechta oʻquvchilarga murojaat qilgan boʻlsangiz, demak bu oʻquv materialini hamma tushungan degani emas.