Qiziqarli dars uchun layfxaklar


 

 

1️⃣ Oʻquvchilar oʻqituvchi sifatida

Oʻquvchilar darsda oʻqituvchini tengdoshlari bilan almashtirishi mumkin — mohir oʻquvchilar yordamida bu texnika yaxshi natija beradi. Koʻpgina tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, odam uchun materialni boshqasiga tushuntirish orqali oʻrganish va undan keyin eslash osonroq. Oʻquvchilar oʻzlarini oʻqituvchi sifatida sinab koʻrishlari mumkin boʻladi. Barchaga oʻqituvchi oʻrnida bir necha daqiqaga vaqt berish niyatingiz haqida barchani oldindan ogohlantiring. Shunda ular tayyorlanib, yaxshi dars oʻtishlari mumkin.


2️⃣ Qisqa taqdimotlar

Oʻquvchilar biron bir mavzudagi taqdimotni tayyorlashlari, hozir oʻrganayotganlari haqida gapirishlari, darsda izlanishlar olib borishlari va natijalarini darhol taqdim etishlari mumkin. Bolalar ishlashni boshlashdan oldin bu mashqqa ajratiladigan vaqt haqida aniq maʼlumot bering.


3️⃣ Yangiliklar texnikasi

Bolalarni muhim voqealardan xabardor qilib borish zarur. Bu qiziqarli texnika ular bilan hech qanday aloqasi boʻlmagan voqealarga qiziqtirishga yordam beradi. Oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib, biron bir voqeani sharhini tayyorlashadi. Yangilikni taqdim etish mahoratiga va faktlarni tekshirish muhimligiga eʼtibor bering. Yangilik izlab, Internetga shoʻngʻib ketmasliklariga yoʻl qoʻymang!


4️⃣ Reklama kampaniyasi

Oʻquvchilaringizga haqiqiy reklama kampaniyasini oʻylab topishlarini taklif qiling. Buning uchun reklama plakatini chizishsin yoki matn yozishsin, soʻngra tinglovchilarni ularning gʻoyalari toʻgʻri ekanligiga ishontirishsin.

Bu yerda maqsad ikki xil. Birinchisi, oʻquvchilar oʻz nuqtayi nazarlari duch kelishi mumkin boʻlgan qarshi argumentlarni oldindan bilishni oʻrganishadi. Ikkinchisi, ular oʻz gʻoyalarini biron bir mavzuni aniq, chuqur bilish orqali asoslabgina qolmay, balki u yoki boshqa auditoriya uchun tushunarli boʻladigan shaklda taqdim etishni oʻrganishadi. Bu uslubda oʻquvchilar nazariyani avtomatik ravishda yodlabgina qolmay, balki oʻz bilimlarini amalda qanday ishlatish haqida oʻylashga yordam beradi.