Test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganlarga to‘lovni qaytarib olish imkoniyati yaratildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz  sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.


Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.


Agentlik mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilganligni ma’lum qildi.