TKT, TESOL kabi sertifikatlarning o'zi ishda qolish uchun asos bo'ladimi?
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

➖ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

TKT, TESOL/TEFL kabi sertifikatlar o'zi (ya'ni qo'shimcha B2 sertifikatsiz) maktabda ishda qolish uchun asos bo'ladimi?
Ushbu savol bilan School English Teachers kanali, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining vazir o'rinbosari Sardor Radjabovga yuzlandi.
Vazirlik rasmiysiga ko'ra, ushbu sertifikatlar til bilish darajasini ifodalamaydi. Ishda qolish talabiga mos kelish uchun aynan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi.