Ota-onalar tomonidan pedagoglarga taxdid, tuhmat qilinsa, chora bormi?

Assalomu aleykum ota-onalar tamonidan pedagoglarga tahdid tuxmat qilishga chora ko'riladimi?

 

 

YURIST JAVOBI:

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra har qanday holatda ham shaxsni haqorat qilish, unga tuhmat qilish taqiqlangan.

Shuni aytish kerakki yangi tahrirdagi Konsitusiyamizning 52-moddasi ikkinchi qismida davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi mustahkamlab qo‘yilgan.

 


Shuning uchun o‘qituvchilarni haqorat qilish, ularning ustidan kulish yoki ularga tuxmat qilish kabilar mumkin bo‘lmaydi. Aksincha mazkur qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 41-moddasiga muvofiq haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 


➖Endi qarang! agar yuqoridagi qilmishlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilsa unda bu qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgar chorasi qo‘llanadi. (Jinoyat kodeksi 139-moddasi tuhmat, 140-moddasi haqorat)

Manba: @Yurist_Xizmati‌‌