O‘rindoshlarga ham ta’til va ta’til puli beriladimi?

Maktabda asosiy 0,5 stavka psixolog lavozimida, Yana bir maktabda 0,5 o'rindosh bo'lib 1-dekabrdan ishlab kelmoqdaman. Menga o'rindosh bo'lib ishlayotgan joyimda ham mehnat ta'tili puli to'lanadimi?

YURIST JAVOBI:

✅ O‘rindoshlikdagi ish joyingizdan ham ta’til hamda ta’til puli olasiz.

Qarang! Mehnat kodeksining 439-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom 16-bandiga ko‘ra o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha mehnat ta’tillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishda yillik mehnat ta’tili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

 

Manba: @Yurist_Xizmati‌‌