Maktabda o‘qituvchilarning mehnat ta'tili ish haqidan qanday hisoblanadi?

Maktabda o‘qituvchilarning mehnat ta'tili ish haqidan qanday hisoblanadi?

Mehnat ta'tili pulini hisoblash uchun 1 kunlik ish haqini o'rtachasini aniqlab olishimiz kerak.

Buning uchun oyligingiz nachisleniyasini oxirgi 9 oyda olganlaringizni umumlashtiramiz va 9 ga bo'lib o'rtachasini chiqarib olamiz.

 

Masalan siq quyidagi oylarda quyidagicha oylik olgansiz:

 09 2022 = 1 600 000 so'm

 10 2022 = 1 600 000 so'm

 11 2022 = 1 900 000 so'm

 12 2022 = 1 900 000 so'm

 01 2023 = 2 200 000 so'm

 02 2023 = 2 200 000 so'm

 03 2023 = 2 200 000 so'm

 04 2023 = 2 200 000 so'm

 05 2023 = 2 200 000 so'm

 

Jami: 18 000 000 so'm. Demak 9 oy davomida olgan umumiy oyligingiz 18 million so'm. Endi 18 mln so'mni 9ga bo'lamiz:

18 000 000 so'm : 9 oy =2 000 000 so'm. Demak sizning bir oylik o'rtacha oyligingiz 2 million so'm.

Endi dam olish kunlarini chiqarib tashlagan holda o'rtacha bir kunlik ish haqingizni aniqlab olamiz. Bir oyda o'rtacha 25.4 kun ish kuni hisoblansa 2 million so'mni 25.4 ga bo'lamiz. 

2 000 000 so'm : 25.4 = 78 740,16 so'm

 

78 740,16 so'm bu sizing bir kunlik o'rtacha ish haqingiz. Endi ta'til pulini hisoblash uchun 1 kunlik ish haqingizni ta'til kuningizga (24, 36 yoki 48 kunga) ko'paytiramiz. 

 

78 740,16 * 48 kun = 3 779 527,7

 

Endi chiqqan summadan 12 foiz daromad solig'i va agar kasaba uyushmasiga a'zoligingiz bo'lsa 1 foiz a'zolik badalini chiqarib tashlaymiz.

 

3 779 527,7 * 13% = 491 338,6 so'm - bu ushlab qolinadigan soliq.

 

Demak:

3 779 527,7 - 491 338,6 = 3 288 189,1 so‘m. Sizning qo'lingizga tegadigan ta'til pulingiz 3 288 189 so'm

 

 Faqat ma'lumot uchun joylandi. Haqiqiy hisob-kitobdan biroz farq qilishi mumkin. Yanayam aniqroq hisob-kitob uchun buxgalteringizga uchrashing.‌‌

@uzteachers