
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar o‘quvchining ota-onasi, shuningdek ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki o‘qituvchilar tomonidan quyidagi tartibda to‘lanadi:
— darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar ko‘rinishida;
— Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymat miqdorida:
— birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;
— 2-4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
— 5-9-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning to‘rt baravari miqdorida.