Endilikda xodimni ishdan bo'shatish maqsadida unga bosim o'tkazish va asossiz quruq oylikda qoldirish javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin

Endi xodimni ishdan ketkazish maqsadida unga qo'pol muomala qilish, sha'ni va qadr-qimmatini muntazam kamsitish orqali ishdan bo'shash darajasiga yetkazish mehnat sohasidagi ruhiy bosim hisoblanadi.

▪️Bu Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 sentabrdagi 518-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.

☑️ YAna bir muhim jihati, xodimni ishdan bo'shatish maqsadida hech qanday asossiz ustama va mukofotlardan mahrum qilib, faqat quruq oylikda qoldirish ham mehnat sohasidagi tazyiq va zo'ravonlik holatlariga kirishi mumkin.

▪️YA'ni rahbar xodimning o'zi ariza yozib ketishi uchun unga ataylab bosim o'tkazishi, munosabatni yomonlashtirishi yoki asossiz ravishda moliyaviy rag'batlantirishdan mahrum qilishi endi jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bu tartiblar Prezidentning 2026 yil 21 sentabrdagi PQ-345-son «Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori doirasida joriy etildi.