Assalomu alaykum, pensiya yoshi yetsa ham rahbarlik qilish mumkinmi?
YURIST JAVOBI:
Nafaqaga chiqqan shaxs ishlamasligi kerak degan qoida yo‘q.
Aksincha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 167-son farmoniga ko‘ra, pensiya yoshiga yetganlarni ishdan bo‘shatish taqiqlanishi haqidagi qoidalar keltirilgan.
Undan tashqari, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiq (161-modda), ish beruvchi xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega emas.