Malaka toifalari bosqichma-bosqich beriladi yoxud toifalardan

Savol: Men 2025 yilda Universitetni tugatib, maktabga ishga kirdim, toifam mutaxassis. 2026 yil yanvar- iyun oylarida bo‘ladigan attestatsiyaga navbatdan tashqari qatnashish uchun hujjat topshirdim. Murojaatim qabul qilindi. Men toifa testlarida 70 balldan yuqori to‘plasam, menga 1-toifa beriladimi yoki 2-toifami?

Javob: Nizomning 44-bandi: Ikkita bosqich natijalariga ko‘ra:
 g) mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

60 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

55 balldan 59 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan;

55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

Malaka toifalarini oshirish yoki tushirish bosqichma-bosqich, ya’ni bir pog‘ona ko‘tarish yoki bir pog‘ona tushirish orqali amalga oshiriladi (alohida yutuqlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladigan malaka toifalari bundan mustasno).