PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish!
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi.
PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi.
Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar:
2022-yil — 19%
2025-yil — 65%
Bu esa 46 foiz o‘sish demakdir.
Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda.
PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.