BSB, CHSB bo‘yicha oʻquvchiga kunlik baho quyidagicha qoʻyiladi

BSB, CHSB bo‘yicha oʻquvchiga kunlik baho quyidagicha qoʻyiladi

Formativ baholash (kunlik baholash):

Oʻquvchi darsda


9-10 ball qo‘yiladi, agar

— faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa;
— ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa.


 

Uyga vazifalarni bajarishi:

— uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa;
— uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa.

 

6-8 ball qo‘yiladi, agar:

— faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa;
— faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa;
— faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

— uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa.


 

0-5 ball qo‘yiladi, agar:

— faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa;
— savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

— uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa;
— uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.



Asos: MMTV ning 2023-yil 16-avgustdagi  248-sonli buyrug'i