1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan prezident sovg‘alarida quyidagi o‘quv qurollari bo‘ladi.
Ro‘yxat:
O‘quv sumkasi;
O‘n ikki varaqli daftar (12 ta);
Ruchka (1 ta);
Qora qalam (2 ta);
O‘n ikki xil rangdagi qalamlar to‘plami;
Rangli qog‘oz to‘plami;
Plastilin;
Rasm daftari (1 ta);
O‘chirg‘ich (2 ta);
Akvarel;
Kley (1 ta);
Qalamdon.
Yangi o‘quv yilida 795 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezident sovg‘asi sifatida tayyorlangan ushbu o‘quv qurollari 25-avgustgacha barcha maktablarga yetkaziladi. O‘quv qurollari nodavlat maktablar, boshqa idoralar tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga ham beriladi.