Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov miqdori qancha?
Javob: Nizomning 21 bandi: Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
✅To‘lovlar miqdori: (2026 yil 1 sentyabrdan boshlab BHMning 440 000 so‘mga oshishi inobatga olingan holda):
a) Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali murojaat etilganda:
(BHMning 50 foizi miqdorida)
➖ 2026 yil 1 sentyabrgacha: 206 000 so‘m.
➖ 2026 yil 1 sentyabrdan keyin: 220 000 so‘m.
b) pedagog.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda:
(Belgilangan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi — 10% chegirma)
➖ 2026 yil 1 sentyabrgacha: 185 400 so‘m.
➖ 2026 yil 1 sentyabrdan keyin: 198 000 so‘m.
v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali:
(Belgilangan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi — 10% chegirma)
➖ 2026 yil 1 sentyabrgacha: 185 400 so‘m.
➖ 2026 yil 1 sentyabrdan keyin: 198 000 so‘m.
To‘lovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Ya’ni, "navbatdan tashqari attestatsiya" turi tanlanganda har bir pedagog uchun to‘lov to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. To‘lovlarni kvitansiyada ko‘rsatilgan INVOYS RAQAMIGA o‘tkazish kerak bo‘ladi!
Pedkadr.tdi.uz