Qonunchilik palatasida alifbo islohoti bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi

Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham aniqlik kiritiladi.

Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarining peshlavhalari, ramziy belgilari va boshqa atributlaridan ham belgilangan muddatgacha foydalaniladi.

 Mazkur yondashuv davlat organlari va tashkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar va boshqa vositalarni birdaniga almashtirish xarajatlarining oldini olishga qaratilgan.

 

Alifboda nimalar o‘zgaradi?

Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi:
 

Gʻ gʻ  →  Ğ ğ
Oʻ oʻ  →  Ö ö
Sh sh  →  Ş ş
Ch ch  →  Ç ç


Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.