“Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari maʼlum qilindi

✅ “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi oʻtgan yilning avgust-dekabr oylarida tashkil etilgan malaka sinovlari bilan integratsiya qilingan holda oʻtkazildi.

➖ Ayni vaqtda ishtirokchi pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali tanlovning birinchi bosqich natijalari (egallangan ball va oʻrin) bilan tanishishlari mumkin.

 

Maʼlumot uchun: tanlovning birinchi bosqich natijalariga koʻra, har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

Shuningdek, oʻz natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ushbu natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

 

Ariza (shikoyat) Nizomga muvofiq roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.

➡️ "Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon va qanday shartlar asosida oʻtkazilishi haqida