Ijtimoiy tarmoqlarda “Buvayda tumanidagi maktabda oʻqituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majbur qilinmoqda...” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda, tuman hududidagi 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlib ishlab kelayotgan X.N. tomonidan pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklangani – amaldagi tartiblarga zid ravishda navbatchilik qilishlari talab etilgani aniqlandi.
Viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasining 2025-yil 6-yanvardagi buyrugʻiga asosan 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.N. vazifasidan ozod etildi.
Tizim rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymasliklari yuzasidan ogohlantirildi.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va foydalanuvchilaridan bitta maktabdagi jarayonni butun tizimdagi holat sifatida baholamasliklarini soʻrab qolamiz.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi Axborot xizmati