✅ 2026-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etiladi. Quyida muhim oʻzgarishlarni havola etamiz.
➡️ 2026-yildan boshlab:
➖ har ikki yilda bir marta “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari oʻtkaziladi. Tanlovlar gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
➖ har bir viloyatda bogʻcha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik koʻmaklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bogʻchalari barpo qilinadi;
➖ 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi;
➖ kamida 15 yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
➖ pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi;
➖ fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi;
➖ bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirgan pedagoglarga 2-malaka toifasi, magistrlarga 1-malaka toifasi beriladi;
➖ reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi;
➡️ 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilangan miqdorlarda toʻlanadi;
➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.