eMaktab.uz platformasida 2 choraklik chiqarish bo‘yicha eslatma, nimalarni bilish muhim?

Birinchidan:

➖ Baho qo‘yilmagan o‘quvchilar bahosini qo‘ying;
➖ Choraklik baholarni qo‘ying;
➖ 0,5 va 1 soatlik darslarga "2-chorak" degan joyga katta harfda OZ deb yozib qo‘ying. Bu choraklik chiqmasligini, ya’ni ozod etilgan degan ma’noni bildiradi
➖ 1,5 soatlik darslarga ham choraklik chiqarasiz!
➖ Chetga elga chiqib ketgan yoki darsga qatnashmagan o‘quvchilar uchun chorak baho ustuniga B/O yoki T/O belgisi qo‘yiladi.

 

Ikkinchidan:

Choraklik chiqarish quyidagicha bo‘ladi:


Choraklikdan oldinda baholar jamlanmasi, ya’ni o‘rtacha ball bor.

➖ 2-9-sinflar uchun dars soati haftasiga 1 soat yoki 0,5 soat bo‘lsa, 2-chorak ustuniga 1- 2-chorak o‘rtacha ballarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi.

➖ 2-9-sinflarda dars soati haftasiga 1,5 soat va undan ko‘p bo‘lsa, choraklik bahoga baholarning o‘rtacha qiymati qo‘yiladi.

➖ 10-11-sinflar uchun dars soati haftasiga 1 soat yoki 0,5 soat bo‘lsa, 2-chorak ustuniga 1-2-chorak o‘rtacha ballarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi va yarim yillikka ham 2-chorak baholari qo‘yiladi.

 

➖ 10-11-sinflarda dars soati haftasiga 1,5 soat va undan ko‘p bo‘lsa, choraklik bahoga baholarning o‘rtacha qiymati qo‘yiladi va yarim yillikka 1-2-chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi

O‘rtacha qiymatda 1,5 - 2,49 ball oralig‘iga 2 baho, 2,5 - 3,49 ball oralig‘iga 3 baho, 3,5 - 4,49 ball oralig‘iga 4 baho va 4,5 - 5 ball oralig‘iga 5 baho chiqariladi.