Matematika fanidan asosiy olimpiadaning qayta o‘tkazilish sanasi e’lon qilindi

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi qayta o’tkazilishi haqida xabar bergan edi.

 

Olimpiada 24-oktyabr kuni Respublika bo‘ylab bir xil vaqtda 3 smenada bo‘lib o‘tadi
 

– 9-sinflar 1-smenada (soat 10:00 da);

– 10-sinflar 2-smenada (soat 13:00 da);

– 11-sinflar esa 3-smenada (soat 16:00 da) ishtirok etadilar.


Ishtirokchilarga o‘zlari bilan qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich va sirkul olib kirishlariga ruxsat etiladi.

 

Olimpiada davomida ishtirokchilarga 30 ta test savollari taqdim etiladi va ularni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test natijalariga ko‘ra, fanlar kesimida 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va uchinchi — hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.