Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari joy manzillari maʼlum boʻldi.

(Manzil ustiga bosing va sizga xarita orqali manzilni ko'rsatadi)


Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)


Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)


Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoror shahar, Bog'ishamol ko'chasi 5-uy. Mo'ljal: oldingi Pedagogika kolleji)


Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)


Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)


Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)


Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)


Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)


Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)


Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-maktab binosi (Termiz shahri "Kattabog'" MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo'ljal: "Yashil dunyo" bozori)


Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-maktab binosi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)


Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar "4-Yuqori bog'" mahallasi, Maxtumquli ko'chasi, 229 "A"-uy)


Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)


Ma’lumot uchun: joriy yilning 15-may kuni o‘tkaziladigan kasbiy sertifikat sinovlari ham ushbu manzillarda bo‘lib o‘tadi.


Ta’lim nazorati