
✅ Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:
➖ Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);
➖ Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);
➖ Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);
➖Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);
➖ Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);
➖ Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);
➖Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);
➖Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);
➖ Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);
➖ Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);
➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);
➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);
➖Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.