Alisher Qodirov o'qituvchilarga oylik berish bo'yicha yangi tizimni taklif qilmoqda

 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida, 25-noyabr kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiya yetakchisi Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilovga oliy toifaning haqiqiy koʻrsatkich berayotganiga ishonasizlarmi,degan savolni bergan va malaka toifasi degan narsani oʻrtadan olib tashlab, pedagoglar darsini videokamerada kuzatib, reyting boʻyicha oylik berish kerak degan taklifni ilgari surgan.
 

 

“Oʻqituvchilarga pul ajratilganini biz koʻp demayapmiz. Hattoki bundan ham koʻproq bolishiga rozimiz, masala yoʻq! Oʻqituvchi olyaptimi, halol boʻlsin, toʻgʻri boʻlishi kerak. Lekin bu mablagʻni samaradorlik nuqtayi nazaridan koʻrish kerak.
Sizlar toifaga ajratyapsizlar-ku,uchta toifaga: oliy toifa, oʻrta toifa qilib. Oliy toifaning haqiqiy koʻrsatkich berayotganiga oʻzinglar ishonasizlarmi?
Haqiqiy zoʻr oʻqituvchiga toifasiga qaramasdan,toifa degan narsani umuman oʻrtadan olib tashlab, zoʻr oylik beraylik.
Raqobatga dosh berolmasdan,oʻquvchini urish, kaltaklash, tepish,masalan, haqorat qilishdan boshqa narsaga arzimaydigan oʻqituvchilar raqobatdan sinib, maktabdan chiqib ketaversin. Hozir oʻshanaqa oʻqituvchilar direktor bilan yaxshi boʻlgani uchun otning kallasidek oylik olyapti..
Lekin oʻsha maktabning oʻzida zoʻr oʻqituvchi kam oylik olyapti, toifa ololmayapti,chunki.
Yaxshi oʻqituvchining darsini videokamerada kuzatib, “yaxshi oʻqituvchi ekan” deb, otning kallasidek, reyting boʻyicha oyligini beraveringlar.
Samaradorlik nuqtayi nazaridan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi shunga nimaga qaramayapti?”, — degan Alisher Qodirov.