Quyidagi xodimlar 100% offlayn malaka oshiradilar

.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 28 dekabrdagi 577-sonli buyrug‘iga asosan quyidagi xodimlar offline malaka oshiradilar.



Direktorning ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarining barchasi hududiy malaka oshirish markazlarida, ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradilar.



Kutubxona xodimlarining barchasi ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

Bundan tashqari:

Malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan maktab direktorlarining 60 foizi offlayn shaklda (A.Avloniy institutida), 40 foizi esa onlayn shaklda malaka oshirishi belgilangan.


Maktab amaliyotchi psixologlarining 51 foizi (offlayn) hududiy malaka oshirish markazlarida, 19 foizi "Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasida" (onlayn), 30 foizi pedagogika yo‘nalishidagi oliygohda yoki nodavlat ta’lim tashkilotida malaka oshiradi.

«O'qituvchi» kanali

Oylik maoshni hisoblovchi bot