The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

The Ayn Rand Institute oliygohi mashxur yozuvchi Ayn Rend asari asosida tashkil etiladigan The Fountainhead Essay Contest insho tanlovini eʼlon qildi. Tanlov maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mo’ljallangan.

Qatnashchilar muallifning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosidagi mavzulardan biriga esse yozishlari zarur. Bu yilgi tanlov “Qalbda individualizm (Individualism in Oneʼs Soul)” qarshiga bagʻishlanadi.

Ishtirokchilar avval “The Fountainhead” asarini oʻqishi, soʻng berilgan 3 ta mavzudan birini tanlab, shu mavzuga bagʻishlangan insho (esse) yozishi kerak. Insho mavzulari bilan BU YERDA (Decide What to Write) tanishing.

Ayn Rend asarlarini oldin o’qimagan, ammo tanlovda ishtirok etish niyatidagi nomzodlar kitobni bu yerdan  yuklab olishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Maktab, litsey va kollejning oxirgi sinf / kurs oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

  Rasmiy havola

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha tadirlanadi:

  • 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 AQSH dollari;
  • 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 AQSH dollari;
  • 3-oʻrin (5 nafar) – 250 AQSH dollari;
  • Finalistlar (25 nafar) – 100 AQSH dollari;
  • Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 AQSH dollari.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Tanlov butun dunyo yoshlari uchun ochiq.
  2. Tanlovda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, litsey va kollej oʻquvchilari qatnasha oladi. Tanlov shartida 11-12-sinf oʻquvchilar qatnashishi mumkin deb keltirilgan, lekin bu AQSh taʼlim tizimi hisoblanadi. Oʻzbekiston taʼlim tizimiga koʻra, 10-11-sinflar yuqori sinf oʻquvchilari hisoblanadi va ular tanlovda qatnasha oladi. Tanlov tashkilotchilariga Oʻzbekiston taʼlim tizimida 10-11-sinflar yuqori sinf (High School) oʻquvchilari hisoblanishini tushuntirib, shu sababli 10-sinflar ham qatnash olish-olmasligi soʻrash orqali bu masalani aniqlashtirib olishingiz mumkin.
  3. Bitta ishtirokchi faqat bitta insho topshira oladi.
  4. Insholar 800-1600 so’zdan iborat va ingliz tilida yozilgan bo’lishi zarur.
  5. Insholar ishtirokchining o’zi tomonidan yozilgan bo’lishi kerak. Plagiarizm (koʻchirmakashlik) nomzodning tanlovdan chetlatilishiga olib keladi.
  6. Insholar muallif o’z fikrini asoslay olishi, boshqalarni bunga ishontira olishiga qarab baholanadi.
  7. Ijodiy ishlar aniq, mantiqiy tartibda yozilgan bo’lishi kerak.
  8. Insholarda muallif asarlarning falsafiy ma’nosini yaxshi tushunishini ko’rsatib bera olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Inshoni topshirish uchun dastlab BU YERDA roʻyxatdan oʻtish loizm (Sign Up).

Natijalar 2023-yil avgust oyida e’lon qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan esselar ARIning mulki hisoblanib, muallifga qaytarilmaydi. Talabga javob bermaydigan hajmdagi va ko’chirilgan (plagiat) ishlar tanlovdan chetlatiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Ushbu tanlovning oldingi yillardagi goʻliblari insholarini SHU YERDAN topasiz (Learn from Past Winners).

Murojaat uchun:

E-mail: essays@aynrand.org

Манба: https://grantlar.uz